Tojikiston janubidagi Farxor tumanida taxminan yuzta savdo do‘koni yonib ketdi, deb yozadi Kun.uz nashri. Yong‘in oqibatida birdaniga ikkita bozor yongan. Olovning tezlik bilan tarqalishiga kuchli shamol va mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining yaxshi holatda bo‘lmagan mashinasi sabab bo‘ldi.
«Aziya Plyus»ning mahalliy aholiga asosan yozishicha, yong‘in sanoat tovarlari do‘konidan boshlangan. «Yong‘in qurilish materiallari va xo‘jalik mollari bilan savdo qilingan do‘kondan boshlandi», - deyishgan mahalliy fuqarolar.
Yong‘in kechki soat oltida boshlangan. «Kecha shamol ancha kuchli edi, olov tezlik bilan tarqaldi, kishilar o‘z mahsulotlarini olib chiqishga ham ulgurishmadi, ko‘pchilik faqatgina naqd pullarini saqlab qolgan. Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi», - deya xabar bergan bozordagi sotuvchilardan biri.
Yong‘in tufayli Markaziy va yangi bozorlar yonib ketgan. Bu erlarda taxminan ming kishi ishlardi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yuz bergan. Ayni damda maxsus komissiya zarar miqdorini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi