1 iyunda United Airlines aviakompaniyasining Chikagodan Mayamiga reys amalga oshirayotgan samolyoti dvigateli unga qush kirib qolgani sababli aeroportga qaytib keldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.
Bu hodisa samolyot parvoz qilishi bilan yuz bergan. Uchuvchilar dvigateldan birini o‘chirib qo‘yishlariga to‘g‘ri kelgan va samolyot O'Xara aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Yo‘lovchilardan biri yonib ketgan dvigatelni tasvirga olib, bu rolikkni Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirgan va “Samolyotingning dvigateli yonayotganda nima qilish kerak? Uchuvchiga samolyotni qo‘ndirgani uchun minnadorchilik bildirib, pivo ichish kerak”, deya videoga izoh qoldirgan.
Boshqa yo‘lovchi Fox 13 telekanaliga samolyot saloni tutunga to‘lib ketgani va past ovozda to‘xtamasdan taqillash tovushi eshitilib turganini so‘zlab bergan. “Eng ko‘proq tutun hidi qo‘rqitdi”, deb aytgan yana bir guvoh.
United Airlines yo‘lovchilarga etkazilgan noqulayliklar uchun tovon puli to‘lashga va’da bergan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi