Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev pomidordan tashqari Turkiyadan kelayotgan oziq-ovqat bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Hukumat veb-saytida juma kuni e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Rossiyada turk shirkatlar tomonidan bajarilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha taqiq ham bekor qilindi.
Shu hafta boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga qarshi sanksiyalar qisman bekor qilinishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Qaror Sochida 3 may Putin va Turkiya prezidenti Rejep Toyip Erdo‘g‘on bilan muzokaralar chog‘ida kuni qabul qilingan.
Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalarni 2015 yil noyabrida Suriya chegarasida turkiyalik qiruvchi samolyot Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan keyin kiritgan. Rossiya Turkiyaga sayyohlik yo‘llanmalarni sotish, Turkiyadan bir qator tovarlarni import qilishni man etgan va turk ishchilarni ishga olishni cheklagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi