Akula og‘ziga kirib, uning tishlarini “davolaydigan” mitti baliq

Akula og‘ziga kirib, uning tishlarini “davolaydigan” mitti baliq

Okean tubida shunday g‘ayrioddiy jonzot borki, u o‘zidan bir necha barobar katta va xavfli akulalarning og‘ziga bemalol suzib kiradi. Eng hayratlanarlisi, akulalar uni ovlamaydi, aksincha, unga «ishlash» imkonini beradi.

Gap go‘ban-tozalovchi, ya’ni tozalovchi baliqlar haqida ketmoqda. Ularning tanasi kichik bo‘lsa-da, okean ekotizimidagi vazifasi juda muhim.

Og‘zi ochiq yirik barrakuda va uning jag‘idagi kichik tozalovchi baliq.

Bu mitti baliqlar akulalar va boshqa yirtqich dengiz jonzotlarining og‘ziga kirib, tishlar orasida qolgan ovqat zarrachalari, parazitlar va turli mayda qoldiqlarni tozalaydi. Shu sababli ularni shartli ravishda okeanning «stomatologlari» deb atash mumkin.

Akula og‘ziga kirib, uning tishlarini “davolaydigan” mitti baliq

Oddiy holatda akula uchun og‘ziga kirgan kichik baliq oson o‘lja bo‘lishi mumkin. Ammo tozalovchi baliqlar bilan munosabat butunlay boshqacha. Yirtqichlar ularni tanib, tozalash jarayoniga yo‘l qo‘yadi. Natijada har ikki tomon ham manfaat ko‘radi: baliq ozuqa topadi, akula esa parazit va qoldiqlardan xalos bo‘ladi.

Qizig‘i, bunday «hamkorlik» faqat akulalar bilan cheklanib qolmaydi. Tozalovchi baliqlar boshqa yirik dengiz jonzotlariga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar