20:26 / 05.06.2017
5 580

Londondagi terror hujumi uchun mas’uliyatni ID o‘z zimmasiga oldi

Londondagi terror hujumi uchun mas’uliyatni ID o‘z zimmasiga oldi
"Islomiy davlat" ekstremistik guruhi etti kishi halok bo‘lgan va 48 kishi, ba’zilari "juda jiddiy jarohatlar" bilan shifoxonalarga yotqizilgan, 3 iyun kungi Londondagi terror hujumi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Polisiya barcha uchta terrorchilar o‘zlarida “hudkushning kamari”ga ega bo‘lganliklari, biroq ularning ichida portlovchi modda bo‘lmaganligi to‘g‘irsidagi ma’lumotlarni ovoza qildi. Hujum qilganlar iloji boricha ko‘proq vahima va sarosimalik keltirib chiqarmoqchi bo‘lganliklari shubhasizdir.

Skotlend-Yard vakilining gaplariga qaraganda, jinoyatchilarga qaratib sakkizta polisiyachi o‘q uzgan. Ular terrorchilarga qarata 50 marta o‘q uzishgan va uchovining hammasini o‘ldirishgan. O‘q uzish vaqtida tasodifan bitta yo‘lovchi yaralangan.

3 iyun kechki payt mikroavtobus London ko‘prigidagi olomon ichiga kirib ketgan. Shundan keyin uning ichidan qo‘lida pichog‘i bor uchta odam yugurib chiqqan va odamlarni o‘ldirishni boshlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londondagi terror hujumi uchun mas’uliyatni ID o‘z zimmasiga oldi