
AQShning Orlando shahri polisiyasi shahardagi ofis binolaridan birida 5 iyun ertalab otishma sodir etgan erkakning shaxsini ma’lum qildi. Otishma oqibatida qotilning o‘zi bilan birga 6 kishi halok bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Mahalliy sherifning ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 08:03da otishma haqida xabar olingan. Polisiyachilar xabar olingach, darhol voqea joyiga otlanganlar.
"4 kishi darhol halok bo‘lgan. Yana bir kishi shifoxonada vafot etgan", deb aytildi polisiyada.
Qotil 45 yoshli erkak bo‘lib, u o‘zini ham o‘ldirgan. Qurbonlar orasida bir ayol bor.
Aniqlanishicha, qotil binoda joylashgan kompaniyadan bo‘shatilgan bo‘lgan. "U taxminan aprel oyida ishdan bo‘shatilgan", deb ma’lum qildi sherif.
Polisiya voqea tafsilotlarini o‘rnatish uchun qotilning otishmada omon qolgan sobiq hamkasblarini so‘roq qilishni boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar