18:51 / 07.06.2017
6 108

Eronda otishma: noma’lum shaxslar parlament va Homeyni maqbarasiga hujum qildi

Eronda otishma: noma’lum shaxslar parlament va Homeyni maqbarasiga hujum qildi
Tehronda noma’lum shaxslar bir vaqtning o‘zida Eron parlamenti binosi va sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri bo‘lmish imom Homeynining maqbarasiga hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Hozircha jarohatlaganlarning aniq soni haqida ma’lumot yo‘q.

Eron axborot agentliklarining ma’lum qilishicha, har ikki hujum «deyarli bir vaqtda» mahaliy vaqt bilan 10.30da amalga oshirildi. Parlament binosida qurolli jinoyatchilar bir nechta qo‘riqchiga qarata o‘q uzdi. Homeyni maqbarasida esa hujum uyushtirganlardan biri o‘zini portlatib yubordi. Buning natijasida bir necha kishi jarohat oldi.

ILNA agentligining ma’lum qilishicha, maqbarada harakat qilgan ikki nafar jinoyatchi hibsga olindi. IRIB agentligining xabarlariga qaraganda, hujumni to‘rt kishi, jumladan bir ayol uyushtirgan. Ko‘p o‘tmay ayol qo‘lga olindi.

Eron parlamentining deputati Elias Hazratining aytishicha, Majlis binosiga Kalashnikov avtomati va to‘pponcha bilan qurollangan uch erkak bostirib kirgan. Kirish eshigiga qilingan hujumdan so‘ng, bino qurshovda qolgan. Bino ichida bo‘lgan barcha deputat va xodimlarning tashqariga chiqishlarining imkoni bo‘lmadi. FARC agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan hujum qilinganlar ham qurshab olingan. Hujum uyushtirganlar orasida portlovchi moslamasi bo‘lgan o‘zini o‘limga mahkum qilgan shaxs ham borligi aytilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Erondagi barcha hukumat binolarini qo‘riqlash mas’uliyati milliy gvardiya - Islom inqilobi Qo‘riqchilari korpusi zimmasiga yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda otishma: noma’lum shaxslar parlament va Homeyni maqbarasiga hujum qildi