"Boko Harom" ekstremistik guruhi jangarilari Nigeriya shimolidagi, aholisi 1 mln kishidan ko‘proqni tashkil qiluvchi Mayduguri shahriga hujum qilishdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ta’kidlanishicha, bu jangarilarning oxirgi 1,5 yil ichidagi eng yirik hujumidir.
Guvohlarning aytishicha, shaharning janubi-sharqiy va janubi-g‘arbiy qismlarida bir soat davomida o‘q va portlash ovozlari yangrab turgan.
Shahar Borno shtati ma’muriy markazi hisoblanadi. Shtat gubernatori jangarilarning hujumi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi va armiya hujumni qaytara olganini ma’lum qildi. Harbiylar ham hujum qaytarilgani haqida hisobot berishgan.
Ayni vaqtda qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Ta’kidlanishicha, hujumda xudkushlar ishtirok etgan.
Nigeriya armiyasi 2016 yil oxirida jangarilarni mamlakat shimolidagi oxirgi tayanch punktlaridan biridan siqib chiqargandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi