
Irlandiya parlamenti quyi palatasi – Doyl deputatlari "Fine Gael" (Birlashgan irlandlar) partiyasining yangi etakchisi Leo Varadkar nomzodini Irlandiya bosh vaziri lavozimiga ma’qullashdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Yaqin soatlarda Varadkar davlat rahbari qarorgohiga borib, prezident Maykl Xiggins qo‘lidan ijroiya hokimiyatining atributi – idora muhrini oladi. 14 iyunda u yangilangan vazirlar mahkamasi tarkibini e’lon qilishi kutilmoqda.
Leo Varadkar 18 mayga o‘tar kechasi "Fine Gael" etakchisi vakolatlarini topshirgan, endilikda sobiq bosh vazir Enda Kenni o‘rnini egallaydi. 2 mayda Varadkar partiya ichidagi saylovlarda 60 foiz ovoz olib, o‘zining yagona raqibi Saymon Kouvenini yutib chiqqandi va shu tariqa Irlandiya bosh vaziri lavozimiga asosiy da’vogarga aylangandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar