Mutaxassislarning aytishicha, bu Paragvaydagi Ernandarias shahrida sodir bo‘ldi. Aynan shu hududda o‘zga sayyoraliklar tashrifi tez-tez ko‘zga tashlanadi.
Xullas, 2017 yil 22 may kuni 13 yoshli bolakay o‘zi yashaydigan uydan 50 metr narida turadigan qarindoshlarinikiga yo‘l oldi. Ana shunda kutilmagan hodisa yuz berdi.
— U mustaqil ravishda uy eshigini ocha olmayotgandi, — dedi bolakayning akasi. — Men yugurib borib yordamlashib yubordim…
Ana shunda bolakaydan sal narida havoda o‘ta yorqin nur taraldi. Nurga ko‘z ochib qarashning sira imkoni yo‘q edi. U nurga bir marta qaradi-yu…
Keyin nimalar bo‘lganini eslay olmaydi. Eslagani shu bo‘ldiki, o‘zini oradan qanchadir vaqt o‘tib o‘zini bir necha mavze naridagi taksilar to‘xtaydigan joyda ko‘rdi.
Akasi esa bir necha daqiqadan so‘ng tashqariga chiqib qarasa, uka yo‘q. Hayron bo‘lib uydagi ota-onasiga aytdi. Ular qo‘shnilar, qarindoshlarnikini titkilab tashlashdi. Afsuski, bolakay hech qayerda yo‘q edi. Yaxshiyam telefon bor. Mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qila-qila, oxiri u bilan bog‘lanishdi va darhol taksilar to‘xtaydigan joyga etib borib farzandini uyga olib kelishdi. Ota zudlik bilan polisiyaga xabar qildi. Bu voqea bilan polisiya komissari Diego Ueysinger shug‘ullandi. Bolakay bilan suhbatlashdi. Aniqlandiki, u sog‘lom. Ruhiy xastalikka chalinmagan. Keyinchalik bu ishga ufologlardan biri aralashdi. Bola bilan suhbatdan keyin bir to‘xtamga keldi. Uning ta’kidlashicha, bolakay atigi o‘n daqiqaga g‘oyib bo‘lgan. Keyin o‘z uyidan bir necha kilometr narida paydo bo‘lib qolgan. O‘n daqiqa ichida u bilan hatto telefon orqali ham bog‘lanishning ilojini topa olishmagan.
— Buni o‘zga sayyoraliklarning nayrangidan bo‘lakka yo‘yib bo‘lmaydi, — dedi ufolog Marsel Martinich. — Aynan o‘shalar o‘smirni olib qochib taksi to‘xtaydigan erda qoldirib ketishgan. Shu yo‘l bilan shahar ahliga o‘zlarining haqiqatan mavjud ekanliklarini yana bir karra namoyish etishgan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”