
Qozog‘iston hukumatining qarori bilan Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlandi.
"Ostona xalqaro aeroporti "Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti" deb qayta nomlansin", deb ko‘rsatilgan qaror matnida. Ushbu qaror 21 iyunda rasmiy OAV tomondan chop etildi. Qaror Qozog‘iston bosh vaziri B.Sag‘intaev tomondan imzolangan.
Ostona aeroportiga Nursulton Nazarboyev nomi berish g‘oyasini 8 yil avval hozirda senat deputati, o‘shanda "Nur Otan" partiyasi raisi o‘rinbosari Darxan Kaletaev taklif qilgandi. U 2009 yil 13 may kuni "Ostona" telekanali jonli efirida "Biz "Qozog‘iston" va "Nazarboyev" brendlari ajralmas ekanligini bilamiz. Bugungi kunda ular yagona tushunchani anglatadi. Xalqaro amaliyotda aeroportlar milliy etakchilar nomlari bilan atalgan holatlar mavjud", deb aytgan.
Kaletaev o‘shanda AQShdagi Xyuston aeroporti AQShning sobiq prezidenti Katta Jorj Bush nomi bilan yuritilishini bunga misol tariqasida keltirib o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar