Qo‘qinchli holat: Indoneziyada 350 yil avval vafot etgan jasad hanuzgacha uyda saqlanib kelmoqda

Qo‘qinchli holat: Indoneziyada 350 yil avval vafot etgan jasad hanuzgacha uyda saqlanib kelmoqda

Oradan qariyb 350 yil o‘tgan bo‘lsa-da, uning jasadi hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Indoneziyaning Papua tog‘li hududidagi Jiwika qishlog‘ida Dani xalqiga mansub qadimiy mumiya ajdod sifatida asrab-avaylanadi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, mumiya Wim Motok Mabel ismli jangchi boshliqqa tegishli. Uning yoshi taxminan 350 yil deb hisoblanadi.

Dani xalqining qadimiy an’anasiga ko‘ra, marhumning jasadi maxsus usulda tutun yordamida quritilgan. Bu jarayon parchalanishni sekinlashtirib, jasadning uzoq vaqt saqlanishiga imkon bergan.

Ammo bu mumiya oddiy tarixiy eksponat emas. Dani xalqi uni ajdod sifatida qadrlaydi va maxsus an’anaviy uyda saqlaydi. Mazkur urf-odat ajdodlar xotirasini asrash hamda ularning tarixini keyingi avlodlarga yetkazish bilan bog‘liq.

Bugungi kunda Jiwikadagi ushbu mumiya Papua hududining eng noodatiy madaniy an’analaridan biri sifatida qiziqish uyg‘otmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar