Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqxonadagi harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi (video)

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqxonadagi harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda qiziqish uyg‘otdi (video)

Ozarbayjonning Ajans.az nashri xabar berishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqxonada tasvirga olingan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Unda chaqaloqning o‘zini juda xotirjam tutishi foydalanuvchilar e’tiborini tortgan.

Videoda chaqaloq ko‘rik stolida qo‘llarini boshining orqasiga qo‘yib, oyoqlarini chalishtirgan holda yotgani aks etgan. Shifokor Islom Eldehin uning yoniga kelib, tabassum bilan murojaat qiladi. So‘ng stetoskop yordamida chaqaloqning yurak urishini tekshiradi. Bu vaqtda ham go‘dak xotirjamligini saqlab qoladi.

Video ostida foydalanuvchilar chaqaloqning harakatlariga hazilomuz izohlar qoldirgan. Ayrimlar uni go‘yoki tug‘ilganidanoq dam olishga shoshayotgan odamga o‘xshatgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar