AQSHda ayiq kutubxonaga bostirib kirib, xodimlarning yeguliklarini yeb ketdi

AQSHda ayiq kutubxonaga bostirib kirib, xodimlarning yeguliklarini yeb ketdi

AQSHning Kaliforniya shtatida noodatiy voqea yuz berdi: qora ayiq kutubxonaga kirib, xodimlarga tegishli yeguliklarni yeb ketdi. Qizig‘i, bu hodisa kutubxona ochilishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgan.

“The Guardian” nashrining yozishicha, ayiq Mono okrugi bepul kutubxonalar tarmog‘ining Mammot-Leyks filialiga ochilishiga to‘rt soat qolganida kirib kelgan.

O‘rmonda yashovchi kutilmagan “mehmon” kutubxona xodimlariga tegishli yeguliklarni topib olgan. U yeryong‘oq moyi, pechene va hatto bir banka asalni ham yeb qo‘ygan. Qorni to‘ygach, ayiq bino ichini aylanib, yangi nashrlar bo‘limi va ma’lumotlar stolini ko‘zdan kechirgan. Shundan so‘ng u kutubxonadan chiqib ketgan.

Voqea noodatiy bo‘lsa-da, mahalliy rasmiylar yovvoyi hayvonlar bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligini eslatdi. Ular aholiga qora ayiqlarga yaqinlashmaslik, ularni ovqatlantirmaslik va yeguliklarni ochiq qoldirmaslikni tavsiya qilgan.

Shuningdek, ayiqlar ocholmaydigan maxsus chiqindi qutilaridan foydalanish, avtomobillarning eshiklari va oynalarini yopiq saqlash kerakligi ta’kidlangan.

Bu voqea ayiqning kutubxonaga kirib kelishi bilan ko‘pchilikni hayratga solgan bo‘lsa-da, mutaxassislar yovvoyi hayvonlarni insonlar oziq-ovqati jalb qilishi mumkinligini unutmaslik kerakligini uqtirmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar