10:06 / 25.06.2017
6 523

AQShda samolyot savdo tarmog‘iga qarashli binoga kelib urildi

AQShda samolyot savdo tarmog‘iga qarashli binoga kelib urildi
AQShning Fort-Meyers shahrida (Florida shtati) Chico's Daycare savdo tarmog‘i bosh qarorgohiga yengil motorli samolyot kelib urildi. Ma’lum qilinishicha, oqibatda samolyotdagi yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Kuzatuv kameralari Piper PA-28-181 samolyoti bino devoriga urilganini qayd qilgan. Samolyot uchuvchisi kabinadan chiqishga ulgurib qolgan, u kabinani tark etishi bilan samolyot portlab ketgan. Bino ichidagi hech kimga jabr etmagan. Samolyotning binoga urilishini bino atrofidagi daraxtlar va butalar yengillashtirgan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va polisiya etib kelgan.

Ta’kidlanishicha, Chico's Daycare ayollar uchun dizaynerlik kiyimi va poyabzal sotish bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda samolyot savdo tarmog‘iga qarashli binoga kelib urildi