
Turkiyaning shimoliy-g‘arbida joylashgan akvaparkdagi basseynda besh kishi, ular qatorida uch nafar voyaga etmaganlar halok bo‘ldi.
Voqea Sakarya viloyatining Akyazi shahrida yuz berdi. Akvaparkning 58 yoshli menejeri va 30 yoshli o‘g‘li o‘smir bolalarni qutqarishga uringanida qurbon bo‘lishdi.
Jarohatlanganlar shifoxonaga etkazildi, biroq ularni qutqarishning imkoni bo‘lmadi. Halok bo‘lgan voyaga etmaganlar 12, 15 va 17 yoshda bo‘lgan.
Voqeaga kuchli elektr toki sabab bo‘lgan. Hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q. Biroq aniqlanishicha, akvaparkda himoya qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan. Polisiya surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing