RF prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
"Ramazon hayiti - islom izdoshlari asrlar davomida nishonlab keladigan eng asosiy diniy bayramlardan biri. U Muqaddas Ramazon oyini yakunlab, chuqur axloqiy ahamiyat kasb etadi, u o‘zida yangilanish quvonchi, mukammallikka intilish, ezgulik qilish, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish kabilarni ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Shuningdek Putin mamlakatdagi diniy tashkilotlarning faoliyati samimiy hurmatga loyiq ekanini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Trmap ham musulmonlarni ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi.
"Muqaddas Ramazon oyida AQSh musulmonlari ham ezgu va xayrli ishlarda butun dunyo musulmonlariga qo‘shilib qolishadi", - deyiladi Oq uy murojaatida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Iyd-Al-Fitr "rahmat, mehr-shafqat va ezgulikning naqadar muhimligini yodga soladi".
"AQSh butun dunyo musulmonlari bilan bir qatorda bu qadriyatlarga sodiqligini ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Bundan tashqari, AQSh bosh kotibi Reks Tillerson ham musulmonlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan muborakbod etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»