
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va shoir Aleksandr Pushkin tarixdagi eng taniqli shaxslar reytingida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi. Bu haqda «Kun.uz» nashri «Levada-Markaz» so‘roviga asosan xabar bermoqda.
Tadqiqotga ko‘ra, 34 foiz ruslar Putin va Pushkinni eng obro‘li tarixiy shaxslar, deb hisoblashgan.
Birinchi o‘ringa esa sovetlar etakchisi Iosif Stalin loyiq topildi – 38 foiz ovoz. Kuchli uchlikka Vladimir Lenin (32 foiz) yakun yasab bergan.
Ro‘yxatdagi top-10likka imperator Pyotr I (29 foiz), fazogir Yuriy Gagarin (20 foiz), yozuvchi Lev Tolstoy (12 foiz), qo‘mondon Georgiy Jukov (12 foiz), imperator ayol Ekaterina II (11 foiz) va shoir Mixail Lermontov (11 foiz) kirdi.
Ta’kidlanishicha, top-20ga Mixail Gorbachyov yakun yasab bergan. Fizik Isaak Nyuton, qo‘mondon Mixail Kutuzov, shoir Sergey Esenin va fizik Albert Eynshteyn 7 foizdan ovozlarni olishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar