Turkiyaning ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalaridan biri Çenesuyu o‘z mahsulotini Evropa davlatlari, AQSh va Xitoyda sotishga intilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
Ushbu suv olinadigan Izmir viloyatidagi chashmalar Usmoniylar davlati zamonlaridayoq mashhur bo‘lgan.
Çenesuyu suvining ta’mini sulton Abdulaziz (1861-1876) zamonlarida ijod qilgan shoirlar tarannum etganlar. Bu suv sultonlar saroylariga etkazilgan, Izmir aholisi Avliyo Chelebi chashmalarini "hayotbaxsh suv chashmasi" deb atashgan.
Joriy yilning dastlabki 6 oyida Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar va BAAga Çenesuyu suvidan 10 mln butilka eskport qilindi.
Eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida Çenesuyu suvi namunalari suvni etkazib berishga lisenziya olish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan 71 davlatga ekspertizaga jo‘natilgan.
Izmir viloyati Derinja tumani rahbari Ali Haydar Bulut "Anadolu" axborot agentligiga Çenesuyu savdo markasi Turkiyaning ichimlik suvi bozoridagi eng yaxshilaridan biri deb tan olinganini ma’lum qildi.
"Suv o‘z nomini Izmirdagi Chene tog‘idan olgan. Mahalliy chashmalardan olingan suv yumshoqroqdir, bu esa ularda tuzning kam miqdordaligi bilan bog‘langan", deb aytdi Bulut. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi