Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Trampdan ko‘ra ko‘proq kishilarning ishonchini qozongan. Vashingtonning Pew Research Center tadqiqot markazi mavzuga doir so‘rovnoma natijalari bilan bo‘lishdi.
Unga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 27 foizi Putinga ishonch bildirgan, Trampga ishonuvchilar esa 22 foizni tashkil qilgan. Tadqiqot besh qit’adagi 37 mamlakatda yashovchi 40 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan.
Tadqiqot qatnashchilarining aksariyati Trampni takabbur (75 foizi), sabrsiz (65 foizi) va hatto xavfli (62 foizi) deb hisoblaydi. Shu bilan birga respondentlarning 55 foizi Amerika prezidentini "kuchli rahbar" sifatida qayd etgan, 39 foiz ishtirokchilar esa uni "yoqimtoy" deya ta’riflashgan.
Shunisi qiziqki, so‘rovnomada qatnashgan meksikaliklarning atigi 30 foizigina Qo‘shma Shtatlarga ijobiy munosabat bildirishgan. O‘tgan yili, Obama prezidentlik davrining tugayotgan vaqtida esa bu ko‘rsatkich 66 foizni tashkil qilgan. Kanada va Germaniyada bu ko‘rsatkich biryo‘la 22 punktga - 43 va 35 foizga qisqargan. Bugungi kunda ko‘plab Evropa davlatlaridagi AQShga ishonch reytingini 2003 yilgi (Jorj Bush Iroqqa harbiy hujum uyushtirishga qaror qilgan vaqtdagi) ko‘rsatkichlarga qiyoslash mumkin.
AQSh prezidentining reytingi yaxshi tomonga o‘zgargan mamlakatlar orasida Rossiya va Isroilni qayd etish mumkin. Rossiyada Trampga ishonch bildirganlar soni 53 foizga oshgan. Obama davrida esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 11 foizni tashkil qilgan. Isroilda esa Trampning reytingi 7 foizdan 56 foizga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi