Ali Xomanaiyning 14 oylik nevarasi bilan tushgan surati ilk bor e’lon qilindi (foto)

1 daqiqa o'qish4
Ali Xomanaiyning 14 oylik nevarasi bilan tushgan surati ilk bor e’lon qilindi (foto)

Eronning marhum oliy rahbari Ali Xomanaiyning nevarasi Zahro Muhammadi Golpayegani bilan birga tushgan, avval ommaga e’lon qilinmagan surati chop etildi. Surat 20 noyabr kuni Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Xomanaiyning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Eron rasmiy manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Zahro 2024 yil 18 dekabrda tug‘ilgan. U 2026 yil 28 fevral kuni Eronga berilgan AQSH va Isroil havo zarbalari oqibatida 14 oyligida halok bo‘lgan. Chaqaloq Ali Xomanaiyning qizi Bushro Xomanaiy va Muhammad Javod Muhammadi Golpayegani oilasida dunyoga kelgan.

Eronning rasmiy axborot kanallarida e’lon qilingan xabarda Ali Xomanaiy va uning kichik nevarasi urushning dastlabki kunlarida birgalikda halok bo‘lgani aytilgan. Zarba Tehrondagi oliy rahbar qarorgohiga ham berilgan. Zahroning onasi ham ushbu hujum oqibatida vafot etgani bildirilgan.

Qayd etish joizki, Zahroning o‘limi 2026 yil iyul oyida Ali Xomanaiyni dafn etish marosimlari vaqtida ham jamoatchilik e’tiborini tortgan edi. O‘shanda qizaloqning Eron bayrog‘iga o‘ralgan kichik tobuti Tehrondagi Katta Musallada namoyish etilgan. Uning yoniga surati ham qo‘yilib, tobut Ali Xomanaiyning tobuti yonida joylashtirilgan. Bu tasvirlar Eron va xalqaro ommaviy axborot vositalarida tarqalgan.

Oq do‘ppi kiygan soqolli qariya va uning yonidagi yosh bola.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?