Yaponiyada eng tez uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib millionerga aylandi

1 daqiqa o'qish12
Yaponiyada eng tez uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib millionerga aylandi

Yaponiya poytaxti Tokioda dunyoda kamdan-kam uchraydigan musobaqa — kim tezroq va sifatliroq uxlashi bo‘yicha bellashuv tashkil etildi. Unda g‘oliblik uchun kurashgan ishtirokchilarga shunchaki uxlab olish emas, balki haqiqiy mahorat ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi.

2026 yil 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Matt Race» deb nomlangan tadbirni Koala Sleep Japan matras ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tashkil etdi. Musobaqada o‘nlab ishtirokchilar qatnashib, ularga 90 daqiqagacha uxlash imkoniyati berildi.

Bellashuvning o‘ziga xos jihati shundaki, ishtirokchilarning boshiga uyqu jarayonini kuzatuvchi maxsus qurilmalar o‘rnatildi. Ular orqali insonning qanchalik tez uxlab qolishi va uyqusining sifati baholandi. Ayrim qatnashchilar esa dam olish jarayonida yumshoq o‘yinchoqlarni ham yonida olib yotdi.

Musobaqaning bosh sovrini 2,22 million iyenadan ortiqni tashkil etdi. Bu taxminan 14 ming AQSH dollariga teng. G‘oliblik esa eng tez uxlab qolish va eng sifatli dam olish ko‘rsatkichlariga erishgan ishtirokchiga nasib qildi.

Suimii taxallusi bilan qatnashgan ayol musobaqa g‘olibi deb topildi. U mukofot pulini mustaqil yashash uchun uy-joy xarajatlariga sarflashini, qolgan mablag‘ga esa o‘zi orzu qilgan chiroyli karavot sotib olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad nafaqat g‘ayrioddiy musobaqa o‘tkazish, balki jamiyat e’tiborini sog‘lom uyqu va yetarlicha dam olishning ahamiyatiga qaratish bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?