10:03 / 05.07.2017
6 898

Italiyalik traktor yordamida Putinning ulkan suratini yaratdi

Italiyalik traktor yordamida Putinning ulkan suratini yaratdi
Italiyalik fermer Dario Gambarin Verona yaqinidagi dalasida traktor yordamida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ulkan suratini yaratdi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali. Bu antiqa suratning eni 150 metrni tashkil qiladi va shu sababli uni ma’lum balandlikdangina ko‘ra olish mumkin.

Surat muallifi o‘z asarini Gamburgda o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammitiga atab yaratdi. Ma’lum qilinishicha, sammit vaqtida Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yilgi AQShdagi prezident saylovlarida Gambarin Tramp va Xillari Klintonning shunday suratlarini yaratgandi. Uning bunday asarlari orasida Rim papasi Fransisk surati ham bor.

Rassomning aytishicha, u ulkan suratlarni dastlabki hisob-kitoblarsiz, faqatgina o‘tkir ko‘zlari va traktorni boshqarish uquviga ishonibgina yaratadi. Biroq fermer asarlari umri qisqagina. Bu esa Putin surati bir necha kundan keyin haydalib tashlanishini anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik traktor yordamida Putinning ulkan suratini yaratdi