Oxirgi 12 oyda boyligi 30 mln dollardan oshgan o‘ta boylar soni 3,5 foizga oshib, jami 226 450 kishiga etdi. Bu haqda Wealth-X kompaniyasi hisobotida so‘z yuritilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Siyosiy va bozor noaniqliklariga qaramay, superboylarning ko‘payishi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Dollarning qimmatlashuvi, fond bozorlari ko‘tariilishi va kuchli texnologiya sektorlari bunga sababdir. Keyingi o‘rindagi Osiyo mintaqasidagi o‘sishga barqaror iqtisodiy o‘sish turtki bo‘lgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida, aksincha, boylar soni kamaygan. Salbiy tendensiya Buyuk Britaniya, Rossiya, Meksika va Braziliyada ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda.
Umuman, superboylarning jami boyligi 1,5 foizga ortib, 27 trln dollardan oshgan. Ammo, o‘rtacha sarmoya miqdori 2013 yildan beri ilk marotaba kamaygan. 2021 yilga borib boyligi 30 mln dollardan oshadiganlar safida yana 72 550 o‘ta boy odamlar paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu esa sayyora aholisining 0,003 foizi demakdir. Ulardan atigi 2397 kishi milliarderlar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi