date
views 4 406

Merkel va Tramp Gamburgda G20 sammiti oldidan muzokoralar o‘tkazdi

Merkel va Tramp Gamburgda G20 sammiti oldidan muzokoralar o‘tkazdi
GFR kansleri Angela Merkel va AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Gamburgda o‘z ishini boshlaydigan «katta yigirmalik» sammit arafasida Ukraina sharqidagi majorolar, Shimoliy Koreya va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildilar.

Gamburgdagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bir soatga yaqin davom etdi. G‘arb jurnalistlarining ma’lum qilishicha, har ikki rahbar qo‘l berib ko‘rishishar ekan, bir-birlariga iliq so‘zlar aytishdi va shundan so‘ng yopiq eshiklar ortida muzokoralar boshlandi.

Juma kuni o‘z ishini boshlaydigan G20 sammitining kun tartibiga jahon savdosi va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq masalalar kiritilgan. Ma’lumki, mazkur ikkita masala yuzasidan Germaniya va AQSh qarashlarida farqlar bor.

Har ikki siyosatchi may oyida Vashingtonda uchrashgan edi. Jurnalistlarning aytishicha, o‘shanda, ularning birinchi uchrashuvlaridayoq, Merkel va Tramp o‘rtasida bir necha bor «sovuqchilik» kuzatilgan.

Jahon rahbarlarining Gamburgdagi uchrashuvi globalizasiyaga qarshilarning namoyishlari ostida o‘tmoqda. Germaniya polisiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n minglab namoyishchilar orasida tartibsizliklar va zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishga qodir 8 mingga yaqin salohiyatli kishi bo‘lishi mumkin. 5 iyuldan 6 iyulga o‘tar kechasi faollarning polisiya bilan to‘qnashuvi vaqtida xuquq-tartibot idoralarining xodimlari namoyishchilarni tarqatish maqsadida suv sepuvchi moslamalardan foydalandilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Merkel va Tramp Gamburgda G20 sammiti oldidan muzokoralar o‘tkazdi