G20 davlatlari rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan sammit manzili bo‘lgan Gamburgda Greenpeace faollari AQSh prezidenti Donald Trampning chaqaloq ko‘rinishidagi haykalini o‘rnatishdi. Haykal Parij kelishuvini buzayotgan holatni aks ettirgan. Bu haqda Greenpeace saytida xabar chop etilganligini Qalampir.uz ma’lum qildi.
Donald Trampning 7 metrlik haykali Elba daryosi ustiga o‘rnatildi. Bu joy G20 etakchilari uchun konsert o‘tkazilgan filarmoniya binosi qarshisida. Haykal ko‘rinishi taglik kiygan hamda yig‘layotgan chaqaloq ko‘rinishida bo‘lib, bu aksiya AQShning Parij kelishuvidan chiqishiga qarshi namoyish sifatida o‘tkazildi.
Greenpeace faollari “G20’ning boshqa etakchilari Donald Trampning qachon ulg‘ayishini kutishmoqda”, deb izoh berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp iyun oyi boshida AQShni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...