CNN: Turkiya janubida portlash sodir bo‘ldi

CNN: Turkiya janubida portlash sodir bo‘ldi
Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida juma kuni kechqurun yuz bergan portlash oqibatida yetti kishi jabrlandi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.

Telekanalning ma’lumotlariga ko‘ra, portlash besh qavvatli uy oldida mahalliy vaqt bilan 22:30 da sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar va polisiyachilar yetib kelgan hamda yashovchilar evakuasiya qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uyning yonida to‘xtab turgan mototsikl portlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar