G20 mamlakatlari jahon hamjamiyati qarshisida turgan zamonaviy chaqiriqlarga qarshi kurashishga bel bog‘lamoqda. Ular terrorizm, qashshoqlik, ochlik kabi muammolarga qarshi kurashish niyatidalar, deyiladi Hamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti natijalariga doir kommyunikeda.
"Biz jahon hamjamiyati qarshisida turgan umumiy muammolar, xususan, terrorizm, insonlar ko‘chishi, qashshoqlik, ochlik, salomatlikka tahdid, ish o‘rinlari barpo qilish muammolari, iqlim o‘zgarishlari, energetika xavfsizligi, tengsizlik, shu jumladan gender tengsizligiga qarshi kurashish niyatidamiz", — deyiladi xabarda. Unda ta’kidlanishicha, mazkur masalalarni hal etish mustahkam rivojlanish va barqarorlik asosidir.
Bundan tashqari, G20 mamlakatlari 2025 yilga kelib, barcha fuqarolarni raqamli aloqa bilan ta’minlash kabi ilg‘or g‘oyani hayotga tatbiq etishni maqsad qilishgan.
G20 davlatlari 2025 yilga kelib barcha insonlarni raqamli aloqa bilan ta’minlashga intilar ekan, erkin axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi kommyunikeda.
Yakuniy hujjatda qayd etilishicha, G20 mamlakatlari shaxsiy hayot, ma’lumotlarni muhofaza qilish va intellektual mulk huquqini hurmat qilgan holda erkin axborot almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...