Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yosh yigitlarga soqol o‘stirish va qizlarga «o‘zlarini to‘liq qora kiyim bilan o‘rashni» qonuniy ravishda taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati Nazarboyevning Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha xabar bergan, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
«Ilmsizlik oqibatida yoshlarimiz soqol o‘stirib, shimlarini kaltalatishyapti. O‘zini qora matox bilan to‘liq o‘rayotgan qizlarning ham soni ortib boryapti. Bu na bizning an’analarimizga, na xalqimizga mos keladi. Buni qonuniy tarzda taqiqlash masalasini ishlab chiqish lozim. Qozoqlar qora kiyimni motam davrida kiyishadi», — dedi prezident Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyevning ta’kidlashicha, raqamli texnologiya rivojlanayotgan davrda Qozog‘iston «noan’anaviy oqimlar tashviqotiga» to‘siq qo‘yishni uddalashi kerak. Zarurat bo‘lsa, davlat Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Uning gaplariga qaraganda, davlat hukumatga sodiq mingta imomlarning professional darajasini oshirishga ko‘mak beradi.
Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatining bu uchrashuv haqidagi xabariga ko‘ra, Nazarboyev qozog‘istonliklar uchun islomning hanafiy mazhabi an’anaviy yo‘nalish hisoblanishini aytgan. So‘ngi yillarda Qozog‘iston hukumatidagilar mamlakatda islomning boshqa oqimlari, xususan, vahobiy va salafiy oqimlarining ta’siri kuchayib borayotganidan bir necha bor havotir bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi