Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov Ibodat tepaligidagi Al-Aqso masjidini himoya qilish uchun o‘z lavozimini tashlab ketishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
«Men o‘z lavozimni topshirish va musulmonlar uchun muqaddas sanalgan bu masjid xavfsizligini ta’minlash tizimida xizmat qilishga tayyorman. Ko‘ngilli sifatida qolgan umrimni Al-Aqso masjidini qo‘riqlashga bag‘ishlashga tayyorman», — deya yozgan Qodirov Telegram kanalida.
O‘tgan hafta uch jangari Ibodat tepaligida ikki polisiyachini o‘ldirib ketgani bu hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Ibodat tepaligiga chiqish uchun metall aniqlovchi romlardan o‘tish talab etiladi. Bundan tashqari, ellik yoshga to‘lmagan musulmonlarga Al-Aqsoda namoz o‘qish taqiqlandi.
Bu choralar mahalliy musulmonlar orasida keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ular namoyishlar uyushtirdi, shuningdek, polisiya bilan to‘qnashuvlarga kirishdi
25 iyul kuni Isroil harbiy-siyosiy kabineti metall detektorlar va videokameralarni olib tashlashga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi