Rossiyada «Vikipediya» sahifasini yopib qo‘yish qarori bekor qilindi

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati “Vikipediya”ning rus tilida faoliyat olib boruvchi sahifasini to‘liq yopib qo‘yish haqidagi qarorni bekor qildi.
Muassasa mazkur qarorni “Vikipediya” giyohvand moddalar to‘g‘risidagi maqolani tahrir qilganidan so‘ng qabul qildi.
“Federal xizmat “Vikipediya” sahifasini Taqiqlangan axborotlar yagona ro‘yxatidan chiqardi. Astraxan viloyati Chernoyarsk sudining “Vikipediya” internet-ensiklopediyasi to‘g‘risida chiqargan qarori shartlari bajarildi. Sud tomonidan taqiqlangan ma’lumot tahrir qilindi. “Charas” giyohvand moddasi to‘g‘risidagi maqola rossiyalik mutaxassislar tomonidan mamlakat qonunchiligi talablariga zid emas, deb topildi”, deyiladi muassasa xabarida.
O‘tgan hafta Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati giyohvand moddalar to‘g‘risidagi maqola qonunga zid ekani, bu saytning yopib qo‘yilishiga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Biroq “Vikipediya” maqolani olib tashlashdan bosh tortdi.
Shu bois bugun, 25 avgust kuni erta tongdan Rossiya operatorlari “Vikipediya” internet-ensiklopediyasining rus tilidagi saytini to‘sishni boshlashdi. Ko‘p o‘tmay mamlakatning turli hududlaridan onlayn-vikipediyaga kirish yo‘li yopilgani to‘g‘risida xabarlar kela boshladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing