AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan RAISE immigrasiya qonun loyihasi AQShda yashash huquqini beruvchi grin-karta viza lotereyalaridan voz kechish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oq uydan “RIA Novosti”ga kelib tushgan arizada aytib o‘tilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
“RAISE qonun loyihasi shubhali iqtisodiy va gumanitar manfaatlarga xizmat qiluvchi viza diversifikasiya lotereyasining eskirgan tizimini tugatmoqchi”, deb aytilgan arizada.
Diversity Visa dasturi yordamida 1990 yildan beri har yili 55 ming muhojir AQShda yashash uchun tanlab olinadi. Viza olish uchun ingliz tilidan muayyan ta’lim darajasi va uquviga ega bo‘lish hamda AQSh davlatining «gardanida o‘tirish” niyati yo‘qligiga ishonch hosil qildirish kerak. Lotereyada AQShga har yili 50 mingdan muhojirni yuboruvchi davlatlar qatnashmaydi. Shu sababli joriy yilda lotereyada Bangladesh, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Gaiti, Dominikan Respublikasi, Hindiston, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Peru, Salvador, Filippin, Janubiy Koreya va Yamayka aholisi qatnashishlariga ruxsat berilmagan.
Rossiya aholisi 2005 yildan 2010 yilgacha lotereyada qatnasha olmagan. Biroq 2011 yildan boshlab Rossiyadan AQShga emigrasiya pasaygan va rossiyaliklar yana lotereyada o‘ynash imkonini qo‘lga kiritganlar.
O‘zbekistonliklar bir necha yillardan beri grin-karta lotereyasida ishtirok etib kelmoqdalar va har yili o‘rtacha 1,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)