
«Havo qo‘shinlari kuni bilan harbiy uchuvchilarni tabriklash maqsadida Vinnisa viloyati harbiy aerodromiga MiG-29 samolyotida etib keldim. Ukrainaning mustaqil osmoni mudofaasida turganlarning bariga munosib harbiy xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman», — deyiladi Poroshenkoning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan axborotda.

Poroshenko harbiy uchuvchilarni Havo qo‘shinlari kuni bilan tabriklab, harbiy texnika va ularni qayta tiklash maqsadlari uchun 1 milliard grivna (taxminan 38 million dollar)dan ziyod mablag‘ ajratilishini e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar