
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich rafiqasi Darya Jukova bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.
“Biz o‘n yilni birgalikda o‘tkazdik, ikki nafar ajoyib farzandlarimiz ham bor. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bugun ajrashishga qaror qildik. Shunga qaramay, yaqin do‘st bo‘lib qolamiz. Birga boshlagan biznes loyihalarida hamkorligimizni davom ettiraveramiz”, deydi ajrashayotgan juftlik.
Ma’lumot uchun, Roman Abramovich ikkinchi turmush o‘rtog‘i Irina Abramovich bilan 2007 yil ajrashganidan so‘ng dizayner Darya Jukova bilan hayot kechirib kelardi. Tadbirkorning oldingi nikohlaridan ikki o‘g‘li va uch nafar qizlari bor. Darya Jukovadan esa bir o‘g‘il va bir qiz farzand ko‘rgan.
Shuningdek, Roman Abramovich Angliyaning amaldagi chempioni “Chelsi” klubi rahbari hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar