
“Cable.co.uk” tomonidan e’lon qilingan internet yuklanish tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston 189 davlat orasida 178 o‘rinni egalladi. Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonda internet yuklanish tezligi soniyasiga 0,76 Mbitni tashkil etadi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 177 o‘ringa (0.83 Mbit/s), Qirg‘iziston 166 o‘ringa (0,98 Mbit/s), Turkmaniston 142 o‘ringa (1.4 Mbit/s) va Qozog‘iston 82 o‘ringa (4 Mbit/s) loyiq deb topildi.
Shuningdek, reytingdan birinchi o‘rinni Singapur (55,13 Mbit/s), ikkinchi o‘rinni Shvesiya (40,16 Mbit/s), uchinchi o‘rinni Tayvan (34,40 Mbit/s), to‘rtinchi o‘rinni Daniya (33,54 Mbit/s), beshinchi o‘rinni Gollandiya (33,52 Mbit/s) egalladi.
Eng so‘nggi pog‘onalardan esa, Gabon (0,41 Mbit/s) va Yaman (0,34 Mbit/s) davlatlari o‘rin oldi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar