16:02 / 12.08.2017
9 934

Prezidentning qizi (oxirigacha o‘qing)

Prezidentning qizi (oxirigacha o‘qing)
U mamlakatni mustamlakalikdan mustaqillik sari etaklagan prezidentning qizi. Uning otasi dunyoning eng keksa prezidentlaridan biri.

U prezident va Tatyana xonimning to‘ng‘ich farzandi. Uning otasi bir mamlakatni bir necha o‘n yillardan beri boshqaradi.

Mamlakat Konstitusiyasida prezident 5 yil muddatga, ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta saylanishi mumkin.

Uning otasi kommunistik partiyaning sodiq a’zolaridan biri.

U endigina 44 yoshda.

U dunyoning eng boy ayollaridan biri.

Uning boyligi bir necha milliard dollarga baholanadi.

U qo‘shni mamlakatning boy tadbirkorlaridan biriga turmushga chiqqan.

U mamlakatning yirik telekommunikasiya va mediya kompaniyalariga egalik qiladi.

Uning biznes imperiyasi ixtiyorida telefon kompaniyalari, telekanallar va jamg‘armalar bor.

U dunyoning turli mamlakatlari, jumladan, Evropada ham biznes bilan shug‘ullanadi.

U vatanidagi eng mashhur, eng boy va eng qudratli shaxslardan biri.

Uning vatanida aholining 70 foizi kuniga 2 dollardan kam daromad oladi.

Uning vatani tabiiy zaxirlarga juda boy, ammo xalqning asosiy qismi qashshoqlikda yashaydi.

Uning otasi boshqarayotgan mamlakat dunyoning eng korrupsiyaga botgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.

Vatanida uning biznesiga hech kim to‘sqinlik qila olmaydi. U xayriya faoliyati bilan ham shug‘ullanib turadi.

U 2012 yildan beri korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Unga nisbatan dunyoning turli mamlaklarida 15 ta jinoiy ish ochilgan.

Gap Angola prezidentining qizi Izabel dos Santos haqida edi.



Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezidentning qizi (oxirigacha o‘qing)