Rossiyalik fazogir Sergey Krikalev 2005 yilda er atrofidagi orbitadan Erga qaytayotganda sayyoramizni kelajakdan ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Ta’kidlanishicha, fazogir duch kelgan bu fenomenni mashhur fizik olim Albert Eynshteyn ifodalab bergan.
Krikalev vaqtning relyativistik sekinlashishi sababli 0,02 soniyaga oldinga siljigan. Ta’kidlash joizki, bu hodisaga fazogir o‘rnatgan jahon rekordi sabab bo‘lgan: u orbitada 803 kun bo‘lgan va bu vaqt davomida fazoda koinot kemasi bilan birga soniyasiga 7,66 km tezlik bilan harakatlangan.
Olimlarning fikricha, bu fakt vaqtlararo sayohat mumkin ekanligini isbotlaydi. Enshteyn o‘z vaqtida vaqt jismlar soniyasiga 300 mln metr tezlik (yorug‘lik tezligi) bilan harakatlanganda sekinroq borishini taxmin qilgan. Bunday sharoitda jism kelajakka tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avvalroq yana bir rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy Xalqaro koinot stansiyasiga parvozi oldidan ochiq koinot qanday hidga egaligi haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, u payvandlash vaqtida chiqadigan hidga, yanada aniqrog‘i “metall ozon” hidga o‘xshashdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar