Qohirada Buyuk Britaniya elchixonasi yopib qo‘yildi

Qohiradagi Buyuk Britaniya elchixonasi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yopib qo‘yildi. Bu haqida «Reuters»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Lekin elchixona ma’muriyati ushbu o‘zgarish yuzasidan izoh bermagan. Muxbirlarning aniqlashicha, ayni paytda elchixona vakillari Misr rasmiylari bilan vaziyat bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Elchixona saytida ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniyaning bosh konsulxonasi Aleksandriya shahrida ishlab turibdi.
Foto: timesofisrael.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing