
Bugun 15 avgust kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida avtobus yonib ketdi. Yong‘in vaqtida transport vositasi ichida yo‘lovchilar bo‘lgan. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, olov 5 daqiqa ichida avtobusni qurshab olgan. Haydovchi o‘t o‘chirish moslamasini olishga ham ulgurmagan. Baxtli tasodif tufayli yo‘lovchilar avtobusdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
“O‘t o‘chirish mashinasi va tez yordam xizmati voqea joyiga zudlik bilan etib kelishgan bo‘lsa-da, transport vositasi butunlay yonib ketgandi”, deydi yo‘lovchilardan biri.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, simlarning nosozligi yoki ularning tutashuvi sabab avtobusda yong‘in yuzaga kelgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar