10:03 / 19.08.2017
7 460

Venesuelada ocharchilik: odamlar hayvonot bog‘idagi hayvonlarni o‘g‘irlab emoqda

Venesuelada ocharchilik: odamlar hayvonot bog‘idagi hayvonlarni o‘g‘irlab emoqda
Venesuelada bir necha oydan beri davom etayotgan notinchliklar tufayli aholi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarining muntazam etishmovchiligi kuzatilmoqda, deya xabar bermoqda Sof.uz nashri.

Hukumatga qarshi davom etayotgan norozilik namoyishlari va ish tashlashlar inqiroz holatidagi mamlakat iqtisodiyotini butunlay izdan chiqarib, aholini iste’mol tovarlari bilan ta’minlash ishlari to‘xtab qolgan. Venesuela polisiyasi Suliya shtatida joylashgan milliy qo‘riqxonadan bir juft yoqali pekarsimonlar (Janubiy Amerikada yashovchi yovvoyi cho‘chqaga o‘xshash hayvon) o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

Hayvonlar o‘tgan hafta oxirida Kolumbiya chegarasi yaqinida joylashgan Marakaybo shahri hayvonot bog‘ida saqlanar edi. Suliya shtat polisiyasi vakili Luis Moralesning aytishicha, yovvoyi hayvonlar iste’mol maqsadida olib ketilgani taxmin qilinmoqda.

Hayvonot bog‘i rahbari Leonardo Nunesning ma’lum qilishicha, oxirgi haftalar davomida 10 ta hayvon o‘g‘irlab ketilgan. Ammo bog‘ rahbari o‘g‘rilar hayvonlarni eyish uchun olishganiga oid xabarni rad etgan. Uning aytishicha, o‘g‘rilar hayvonlarni sotishni maqsad qilishgan.

Inqirozga yuz tutgan Venesuelada oziq-ovqat mahsulotlari etishmovchiligi odatiy tus olgan. Mamlakatda aprel oyidan beri davom etayotgan notinchlik va iqtisodiy inqiroz tufayli millionlab odamlar qayerdan bo‘lmasin ovqat topish uchun yashayapti. Ocharchilik nafaqat odamlar, balki hayvonot olamiga ham ta’sirini o‘tkazgan. O‘tgan yili Karakasdagi hayvonot bog‘ida 50 ga yaqin hayvon ochlikdan o‘lgani qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada ocharchilik: odamlar hayvonot bog‘idagi hayvonlarni o‘g‘irlab emoqda