23:23 / 19.08.2017
5 204

Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga etdi

Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga etdi
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida poezdning temir yo‘l izlaridan chiqishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda India Today nashri xabar bermoqda, deb ma’lum qildi Kun.uz.

Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Hindiston temir yo‘l vaziri Suresh Prabxu halok bo‘lganlar oilalariga tovon pullari to‘lanishini aytgan.

Times of India nashri ma’lumotlariga ko‘ra, relslardan Puri-Xaridvar-Kalinga yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan tezkor poezdning 6 vagoni chiqib ketgan. Ma’lum qilinishicha, falokat mamlakat poytaxti Nyu-Dehlidan shimolga tomon 100 km lar uzoqlikda Muzaffarnaxor okrugida yuz bergan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga etdi