
Amerikaning Texas shtatida chegara xizmati xodimlari yuk mashinasining muzlatish kamerasida bo‘lgan 60 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Migrantlar brokkoli bilan to‘ldirilgan konteynerlar orasida yotishgan hamda ularni chegarachilarning itlari topishdi. Xabar qilinishicha, muzlatish kamerasi eshiklari yopiq bo‘lgan va migrantlar u erdan o‘zlari mustaqil ravishda chiqib keta olishmagan. Ichkaridagi havo harorati Selsiy bo‘yicha taxminan 8 daraja atrofida bo‘lgan.

Migrantlar orasida Gvatemalaning 22, Meksikaning 17, Salvadorning 13 va Hondurasning 8 fuqarosi bo‘lgan.
Ularga tibbiyotchilar xizmati taklif etildi, biroq barchasi buni rad etishgan.
Yuk mashinasi haydovchisi xorijliklarni noqonuniy olib o‘tgani uchun hibsga olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar