19:59 / 20.08.2017
6 455

Janubiy Koreyaga AQSh armiyasi bosh qo‘mondoni keldi

Janubiy Koreyaga AQSh armiyasi bosh qo‘mondoni keldi
Koreya yarimorolida vaziyatning keskinlashishi ortida 21 avgustda Janubiy Koreyada AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining Ulchi Freedom Guardian deb nomlangan birgalikdagi mashg‘ulotlari boshlanadi.

Mashg‘ulotlarni kuzatish uchun Seulga AQSh qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i admiral Garri Garris etib keldi. U o‘z tashrifining birinchi kuni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son En Mu bilan uchrashdi va Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasining yangi boshlig‘iga vakolatlarning topshirilishi marosimida ishtirok etdi.

Pxenyanning fikricha, ushbu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanona harakatlarni aks ettiradi va shundoq ham mushkul vaziyatni yanada keskinlashtiradi.

“Birgalikdagi mashg‘ulotlar adovatning yaqqol namoyishi hisoblanadi va hech kim bu mashg‘ulotlar haqiqiy jangga aylanib ketmasligiga kafolat bermaydi”, deb aytilgan Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” nashrida.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyaga AQSh armiyasi bosh qo‘mondoni keldi