date

Qozog‘iston bankida bosqinchilik sodir etildi (Video)

Qozog‘iston bankida bosqinchilik sodir etildi (Video)
Qozog‘istonning Olmaota viloyati Talgar shahridagi “Kaspi” banki 22 avgust kuni ertalab talonchilar hujumiga uchradi. Bank huquqni muhofaza qiluvchi organga 2 talonchining o‘g‘irlik maqsadida binoning tomi orqali bostirib kirgani haqida xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda bankda mijozlar bo‘lmagan va bank xodimlaridan hech biriga zarar etmagan.
O‘g‘rilar binoning tomi orqali bankka kirib kelishgach, xodimlar zudlik bilan ogohlantiruv tugmasini bosishgan deb yozadi Qalampir.uz.

Ayni vaqtda etkazilgan zarar miqdori sarhisob qilinmoqda. Bosqinchilar esa voqea joyidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston bankida bosqinchilik sodir etildi (Video)