Kecha dunyoning bir qator musulmon o‘lkalarida bu yilgi Qurbon hayiti sanasi aniq bo‘ldi. Jumladan, Saudiya Arabistoni Oliy Mahkamasining Tvitterdagi sahifasi Zulhijja oyi hiloli ko‘rinmaganini tasdiqladi. Bu haqida Khaleej Times nashri xabar bermoqda.
21 avgust kuni hijriy taqvim bo‘yicha Zulqa’da oyining 29 kuni ekanligi va dushanba kuni yangi oy kuzatilishi haqida avval xabar bergan edik. An’anaga muvofiq, dunyoning bir qator davlatlarida kecha oqshomda yangi oyni kuzatish uchun maxsus hay’atlar ish olib borgan.
Xususan, Saudiya Arabistonida yangi oy ko‘rinmagani uchun 22 avgust Zulqa’da oyining 30-kuni deb e’lon qilindi. 23 avgust, chorshanba kuni esa Zulhijja oyining boshlanishi deb belgilandi. Shunga ko‘ra, 1438 hijriy yilda Qurbon hayiti 1 sentyabr – juma kuniga to‘g‘ri kelishi oydinlashdi. Oliy Mahkama yangi oy ko‘rinmaganini e’lon qilish uchun bugun majlis o‘tkazishi kutilmoqda.
Saudiya Arabistonidan tashqari BAA, Qatar va Quvayt mamlakatlari ham 1 sentyabrni Qurbon hayiti deb e’lon qilgan. O‘zbekistonda har yili hayit arafasida Astronomiya instituti ma’lumoti va O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi murojaati asosida «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori e’lon qilinadi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi