
Ukraina OAVlari xabariga ko‘ra, 23 avgust kuni Ukraina poytaxtining markazida tartib nazoratchilari ko‘z o‘ngida Isroil davlati fuqarosi otib o‘ldirildi. Hodisa yuz bergan joy — Shota Rustaveli ko‘chasiga qo‘shimcha polisiya naryadi etib kelganida, ular erkak jasadini topadilar.
O‘q egan erkak shu joyning o‘zida halok bo‘lgan, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Halok bo‘lgan odamning ismi Shohruh Tursunov (u aslida o‘zbekistonlik) ekanligi xabar qilinmoqda. Polisiya xodimlarining aytishicha, otib o‘ldirilgan erkak Isroil fuqarosi va Ierusalimda yashagan. Hozirda uning hujjatlari soxta-soxtmasligi tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina mustaqilligi kuni arafasida mamlakatda kuchaytirilgan tartibda 4,5 ming polisiyachilar xizmat olib borgan.
Manba: Sof.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar