So‘rovnoma: Putinning eng katta muvaffaqiyatsizligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng katta muvaffaqiyatsizligi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘ldi. Bu Levada-sentr tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘ldi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 29 foizi shunday fikrda.
Ikkinchi muvaffaqiyatsizlik sifatida iqtisodiy islohotlar tilga olindi — 17 foiz. Uchinchi o‘rinda oligarxlarga qarshi kurashdagi omadsizlik turibdi — 16 foiz.
Putinning asosiy yutuqlari sirasida armiya harbiy salohiyatining oshirilishi (33 foiz), barqaror siyosiy vaziyatning saqlanishi (27 foiz), Rossiyaning jahon miqyosidagi o‘rnining mustahkamlanishi (27 foiz) aytib o‘tildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing