19:32 / 26.08.2017
6 767

Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi

Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi
Rossiya Federatsiyasining shimoliy poytaxti hisoblanmish Sankt–Peterburg shahrida uch nafar O‘zbekiston fuqarolari og‘ir ahvolda shifoxonaga keltirildi. Bemorlar noma’lum shaxslar tomonidan pichoqlangani qayd etilgan. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ko‘ngilsiz hodisa kecha, 25 avgust kuni, taxminan soat 20:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Admiraltey tumani hududidagi 134-uy oldida bir guruh odamlarning maishiy masalalar ustidan tortishishi natijasida janjal kelib chiqqan. Voqea joyida 21–24 yoshlar atrofidagi uch nafar shaxs og‘ir tan jarohati olganligi ma’lum qilingan.

Politsiya tomonidan mazkur voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. Hozircha jabrlanganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanligi ma’lum. Janjalda ishtirok etgan boshqa shaxslar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi