
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida ikki yigit uzoq vaqt davomida soxta dollar kupyuralarini valyuta ayirboshlash shahobchasidan tengega almashtirib kelgani aniqlandi.
Qozog‘iston Respublikasi prokuratura xodimlarining ta’kidlashlariga ko‘ra, kupyuralarni soxtalashtirilgan ko‘rinishi original pul banknotasi bilan juda o‘xshash ekanligi sababli ularni ajratish imkoni bo‘lmagan. Natijada jinoyatchilar pullarni soxtalashtirish va ularni tengega ayirboshlash bilan 3 oy davomida shug‘ullanib kelishgan.
Yigitlar joriy yilning aprel oyida 9700 soxta AQSh dollaridan foydalanganligi uchun qo‘lga olingan. Sud jarayonida ular aybiga iqror bo‘lgan.
25 avgust kuni sud qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ikkala shaxsning mol-mulki musodara qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, jinoyatchilarning o‘zi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar