Iroq harbiylari tomonidan IShID guruhlaridan ozod etilgan Tall–Araf hududida yuzdan ortiq jangarilarning shaxsini tasdiqlovchi va jangovor harakatlarga oid bo‘lgan hujjatlar topildi. Bu haqda RIA agentligi xabar tarqatmoqda.
IShID jangarilarga tegishli bo‘lgan harbiy ma’muriyat binosidan topilgan hujjatlar ichida o‘zbekistonlik, tojikistonlik, qirg‘izistonlik fuqarolarning ham hujjatlari borligi ma’lum qilingan.
Terrorchilarning topilgan hujjatlari tarkibidagi xorijlik jangarilarning asosiy qismi Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Sudan, Xitoy kabi mamlakatlarining fuqarolari ekanligi ta’kidlangan. Hujjatlarda jangarilarning qaysi mamlakatlarda harbiy harakatlarda ishtirok etgani haqida ham ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Bu xabarlar hali rasman tasdig‘ini topgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Tall–Araf shahri strategik ahamiyati jihatdan IShIDning poytaxti hisoblanmish Mosuldan keyingi darajadagi shahar hisoblangan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”